Toshkentda yaqin orada zamonaviy konsert zali barpo etiladi. U akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz sayti. Bu O‘zbekiston Prezidentining 31 maydagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Yangi konsert zali poytaxtning qoq markazida - Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ushbu binoda «Toshkent» fond birjasi joylashgan. Uning yonida MUM, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr va boshqa madaniy ob’ektlar joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga binoni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi