20:05 / 23.10.2017
12 977

Nahotki? Rayhon sahnadan ketishi mumkinligini ma’lum qildi

Nahotki? Rayhon sahnadan ketishi mumkinligini ma’lum qildi
19 oktyabr kuni xonanda Rayhon o‘zining instagram sahifasi orqali rasm tagiga
«Bugun 2 ta intervyu bo‘lib o‘tdi. Men shuncha negativ oldim. Shuncha negativ savollar. Boshqa intervyu berishni xohlamayman. Men sukut saqlayman. Va sahnadan ketishni o‘ylab qoldim. Men barchaga minnatdorchilik bildiraman va baribir sevaman» deb izoh qoldirdi. Bu haqda Shok.uz yozdi.

«Bir qancha vaqt o‘tib shu fotosuratni o‘chirib yubordi. «Shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi» deb bejizga aytishmagan. Bekorga unday savollar bo‘lmagandir, demak siz shunga loyiqsiz. Sahnadan ketishni istasangiz keting, sizga o‘xshagan o‘zbek tilini bilmaydigan va o‘rganishni xohlamaydigan xonanda bizga ham kerak emas», – deyiladi xabar davomida.

Ammo xonanda Rayhon o‘tgan to‘rt kun davomida bu mavzuga boshqa qaytmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nahotki? Rayhon sahnadan ketishi mumkinligini ma’lum qildi