14:49 / 20.09.2018
6 698

Sevara Nazarxon nega hamon Oʻzbekistonga qaytmadi? (video)

Sevara Nazarxon nega hamon Oʻzbekistonga qaytmadi? (video)
Oʻzining koʻplab mazmunli qoʻshiqlari hamda shirali ovozi bilan barchamizga yaxshi tanish boʻlgan Sevara Nazarxon 1976 yil 23 dekabrda Andijon viloyatida tavallud topgan. U oʻzining shou biznesdagi ilk faoliyatini taniqli prodyuser va musiqachi Mansur Toshmatovning guruhida boshlagan.

Sevara Nazarxon oʻz ijodiy faoliyati davomida koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan u: 2000 yilning sentabr oyida “Nihol” mukofoti sovrindori, 2004 yilda BBS radio 3 tomonidan taqdim etilgan “Osiyolik eng yaxshi qoʻshiqchi”, 2002 yilda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” unvoniga sazovor boʻlgan.

Hozirda u oʻz oilasi bilan Angliyaning London shahrida istiqomat qiladi. Ijodiy faoliyati sabab London, Moskva, Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnab turadi. Asosan bahor va kuz fasllarini Toshkentda oʻtkazadi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sevara Nazarxon nega hamon Oʻzbekistonga qaytmadi? (video)