Vetnamda Zika virusi avj olmoqda

  • 14 dekabr 2016, 14:48
  • 4 640
  • Dunyo
  • Vetnamda Zika virusi avj olmoqda

    Vetnamning Xoshimin shahrida Zika virusi bilan bog‘liq 119 holat aniqlandi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

    "Virus borligi aniqlangan 119 kishidan 14 tasi homilador ayollardir", - deya ta’kidlangan xabarda. Shahar sog‘liqni saqlash organlari kasallik yanada tarqalmasligi uchun hukumat va mahalliy aholini virus tarqatuvchi chivinlar bilan faolroq kurashga chaqirmoqda.

    Ma’lumot uchun, Zika virusi ilk bora Ugandada 1947 yili aniqlangan bo‘lib, u Aedes aegypti chivini orqali tarqaladi. Bezgak Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerikada, shuningdek Tinch okeani mintaqasida qayd etilgan. Virus sabab homilador ayollar ko‘proq aziyat chekadi – u tomonidan chaqiriluvchi xastaliklar homila rivojida turli kamchiliklarni keltirib chiqaradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Vetnamda Zika virusi avj olmoqda