Ekvador fuqarolari 19 fevralda mamlakatda o‘tadigan saylovlarning 1-bosqichida keyingi 4 yilga prezident saylashadi. Shuningdek, mamlakat parlamentiga ham yangi deputatlar saylandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Bu oxirgi 10 yil ichida mamlakatning amaldagi prezidenti Rafael Korrea ishtirok etmayotgan ilk saylovlar bo‘ladi. Biroq u saylovoldi kampaniyasida faol ishtirok etib, "PAIS alyansi" blokidan nomzod, sobiq vise-prezident Lenin Morenoni qo‘llab-quvvatladi.
Mamlakat prezidenti lavozimiga 1998 yildan beri nogironlar aravachasida harakatlanadigan Morenodan tashqari yana 7 nomzod kurash olib boradi. Biroq kuzatuvchilarning fikricha, ulardan ikki nafari prezident bo‘lishga haqiqatda real imkoniyatlarga ega. Bular sobiq bankir Gilermo Lasso va sosial-xristian partiyasi vakili Sintiya Viteri.
Saylovlarda 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan nomzod avtomatik ravishda prezident bo‘ladi. Agar nomzod 1-bosqichda 40 foizdan ko‘proq ovoz bilan o‘z ortidan kelayotgan eng yaqin raqibidan 10 foiz ko‘proq ovoz to‘plasa ham prezident bo‘la oladi. Qolgan boshqa vaziyatlarda 2-bosqich o‘tkaziladi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 12,8 mln kishi ovoz berish huquqiga ega. Ekvadorda saylovlar 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan barcha uchun majburiydir. Saylovlarda ishtirok etmaganlik uchun jarima ko‘zda tutilgan va uning miqdori 37,5 dollarni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?