BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildiki, Suriyada yana 66 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, Suriya shimolidagi Al-Bob va Taduf shaharlaridan 40 mingga yaqin kishi chiqqan.
Bu hudud ayni vaqtda IShIDdan Turkiya hukumati qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifat kuchlari nazoratiga o‘tgan.
Yana 26 ming kishi Suriya armiyasi jang olib borayotgan, Al-Bobdan sharqda joylashgan qishloqlardan chiqqan.
Qochqinlarning harakatlanishi qiyinlashmoqda, atrof hududlarga jangarilar minalar o‘rnatgan.
Qochqinlarning aksar qismi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya demokratik kuchlari nazoratidagi hududlarga yo‘l olgan.
Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan buyon mamlakat aholisining deyarli yarmi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi