22:09 / 08.03.2017
6 125

Qabul qiladigan muhim qarorlarimni u tushimda ayon qiladi - Nazarboyev o‘z onasi haqida

Qabul qiladigan muhim qarorlarimni u tushimda ayon qiladi - Nazarboyev o‘z onasi haqida

Bugun, 8 mart kuni Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati Akorda 2001 yilgi arxiv videoni namoyish etdi, unda mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev o‘z onasi haqida eslagandi, deb yozadi Kun.uz nashri. Ushbu video Akordaning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirilgan.

Nazarboyev uchrashuvlardan birida mehmonlar qarshisida chiqish qilar ekan, o‘zining qimmatli maslahatlarini ulashgan.

"Men u meni qanchalar qattiq yaxshi ko‘rganini bilaman. Ehtimol uning muhabbati hozirgacha men bilan va meni qo‘llab turadi. Muhim va og‘ir qarorlar qabul qilganimda u buni menga tushimda ayon qilgan bo‘ladi. Men sizlarga ochiq aytaman. Men mistik emasman, hech qanday tabib, ekstrasens va astrologlarga ishonmaydigan odam sifatida sizlarga shu gapni aytaman. Ba’zida uyqudaligimda u tushimga kiradi va deydi: "Ishonaver, barchasi yaxshi bo‘ladi!". U hozir tirik bo‘lganida men uni qanchalar yaxshi ko‘rishimni aytgan bo‘lardim", - degan Qozog‘iston prezidenti.

Nursulton Nazarboyevning onasi - Aljan (1910-1977) Jambul viloyati Kasik ovuli mullasi oilasida dunyoga kelgan. 1933 yilda Aljan otasi bilan Ushkonirga kelganida Qozog‘istonning bo‘lajak prezidenti otasi Abish bilan tanishadi. Abish o‘z zamonasining ilg‘or kishilaridan biri bo‘lib, qozoq va rus tillaridan tashqari, bolgar tili va madaniyatini o‘rgangan. U qozoq milliy qo‘shiqlarini mahorat bilan ijro etgan. U Aljan bilan o‘z farzandini milliy an’analar ruhida tarbiyalab, o‘stirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qabul qiladigan muhim qarorlarimni u tushimda ayon qiladi - Nazarboyev o‘z onasi haqida