16:49 / 09.04.2017
9 906

13 km balandlikda Turkish Airlines bortida bola dunyoga keldi (foto)

13 km balandlikda Turkish Airlines bortida bola dunyoga keldi (foto)
Turkish Airlines aviakompaniyasining Konakri–Uagadugu–Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan Boeing 737 layneri ekipaj a’zolari Nafi Dyabi ismli yo‘lovchining farzandini dunyoga keltirishga yordam berdi. Bu haqda «1news.az»ga tayanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
Kadiju ismini olgan qizaloq 12 800 metr balandlikda dunyoga keldi. Gvineya poytaxtidan Burkina-Faso poytaxti tomon havoga endigina ko‘tarilgan samolyot yo‘lovchilari tug‘uruqni qabul qilgan styuardessalarga yordamga oshiqdi.

Havo kemasi Uagaduguga qo‘ngach ona va qizaloq tug‘uruqxonaga etkazildi. Ona va bola anchagina charchagan bo‘lsa-da, o‘zini yaxshi his qilmoqda.


Xabarda qayd etilishicha, Nafi Dyabi homiladorlikning 28-haftasida edi. Reys yo‘lovchilari tezkorlik va professionallik uchun Turkish Airlines xodimlariga maqtovlar yo‘lladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 13 km balandlikda Turkish Airlines bortida bola dunyoga keldi (foto)