16:46 / 02.07.2017
6 749

Antaliyada rekord darajadagi issiqlik harorati qayd etildi

Antaliyada rekord darajadagi issiqlik harorati qayd etildi
Turkiya janubida anomal issiqlik kuzatilmoqda, shanba kuni mamlakatning turistik poytaxti hisoblangan Antaliyada rekord harorat qayd etildi - 45,4 daraja issiq. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Antaliya Mintaqaviy prognozlashtirish va ogohlantirish markazi kuzatuvlari tarixida bu mutlaq rekord ko‘rsatkich. Bu erda termometr ko‘rsatkichlari oxirgi marta 1929 yilda 45 darajadan yuqorilagan.

Kechagi kunga qadar Antaliyadagi so‘nggi o‘n yillikdagi harorat rekordi 45 daraja hisoblanardi, 2000 yilning 12 iyulida shunday harorat qayd etilgan.

Sinoptiklarning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Turkiyaning janubida ob-havo harorati odatdagidan 10-12 daraja yuqori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antaliyada rekord darajadagi issiqlik harorati qayd etildi