15:25 / 15.11.2017
5 079

Faqat pufakli mehmonxonadagina haqiqiy Islanidiya go’zalliklaridan bahramand bo’lishingiz mumkin

 Фақат пуфакли меҳмонхонадагина ҳақиқий Исланидия гўзалликларидан баҳраманд бўлишингиз мумкин
Islandiya o’lkasida o’rmonning qoq markaziga o’rnatilgan va bir qarashda sovun pufagini yodga soluvchi “5 million yulduz” deb ataladigan mehmonxona mavjud. Mehmonxona devori va shifti mutlaqo shaffof tusda, bu esa sokin tunda osmondagi millionlab yulduzlarni tomoshga qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Mehmonxonaga tegishli har bir pufak bir-biridan uzoqda joylashgan. Pufakli xonalar ichida oshxona va hammom mavjud emas, ammo bu mijozlar oqimini biroz bo’lsa-da kamaytirgani yo’q. Mehmonxona ma’muriyati faqatgina avvaldan buyurtma bergan mijozlarni qabul qiladi.

Pufuklar ichi kuchli isitish tizimi bilan jihozlangan. Shu sababli eng sovuq havo haroratida ham pufak ichi issiq bo’ladi, deydi xorij nashrlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Faqat pufakli mehmonxonadagina haqiqiy Islanidiya go’zalliklaridan bahramand bo’lishingiz mumkin