20:20 / 27.11.2017
6 296

Rossiyada do’pposlangan 2 oylik chaqaloqning ota-onasi uning yo’rgak stolidan yiqilib tushganligini aytib, bahona qilmoqdalar

Rossiyada do’pposlangan 2 oylik chaqaloqning ota-onasi uning yo’rgak stolidan yiqilib tushganligini aytib, bahona qilmoqdalar
Avval xabar berganimizdek, kuni kecha Rossiyada ikki oylik chaqaloq og’ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Xabar berilishicha, uning voyaga yetmagan onasi o’ta nochor oilada yashaydi.

O’tgan kuni Naro-Fominskdagi №1 shifoxonaga keltirilgan chaqaloqning ota-onasi uning yo’rgak stolidan yiqilib tushganini aytib bahona qilishmoqda. Bu haqida Podmoskovye bolalar ombudsmeni Kseniya Mishonova xabar bergan.

“Boladagi jarohatlar darajasiga ko’ra, shifokorlarda ushbu ma’lumotga ishonmaslik va buni qonunni himoya qilish organlariga xabar qilish uchun yetarlicha asos bor” deb qo’shimcha qilmoqda matbuot xizmati.

Eslatib o’tamiz, chaqaloq shifoxonaga ko’plab jarohatlar va tanasidagi ko’karish izlari bilan yotqizilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada do’pposlangan 2 oylik chaqaloqning ota-onasi uning yo’rgak stolidan yiqilib tushganligini aytib, bahona qilmoqdalar