14:19 / 06.01.2018
5 605

Bill Geyts: “Yomon xabar e’tiborni o’ziga jalb qiladi, yaxshisi esa shunchaki o’tib ketadi!”

Bill Geyts: “Yomon xabar e’tiborni o’ziga jalb qiladi, yaxshisi esa shunchaki o’tib ketadi!”
Koinotning eng badavlat insoni bo’lmish Bill Geyts OAVning ko’proq yomon xabarlarni yoritishga urinib, yaxshi xabarlarga e’tibor qaratmasligi haqidagi o’z fikrini bildirdi.

Milliarder Time jurnali orqali zamonaviy hayot va jamiyat yaxshilanib borayotgani haqida aytgan va OAVning dunyodagi hodisalarni yoritib berishda bo’yoqlarni oshirib yuborishidan “noligan”.

Geytsning qayd etishicha, insoniyat to’g’ri yo’nalishda harakatlanmoqda, qashshoqlikda yashayotganlar soni kamaymoqda, dunyodagi 90% bolalari esa ta’lim olish bilan band.

Microsoft asoschisi va filantrop OAVning tashvishli muhit hosil qilib, salbiy ma’nodagi yangiliklarni haddan ortiq oshirib yuborishi haqida so’zlagan. “Yomon xabar e’tiborni o’ziga jalb qiladi, yaxshisi esa shunchaki o’tib ketadi!” deya qo’shimcha qilgan Geyts.

Uning aytishicha, salbiy ma’nodagi hikoyalar inson e’tiborini jalb qilish barobarida undagi insoniylikka bo’lgan umid hissini yo’qotadi. Yaxshi ma’nodagi, ilhombaxsh, ijobiy namunaga ega xabarlarsiz esa qahramonlar ham, umid ham bo’lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts: “Yomon xabar e’tiborni o’ziga jalb qiladi, yaxshisi esa shunchaki o’tib ketadi!”