19:30 / 06.01.2018
4 339

Bu mehmonxona emas, bu yadro urushida milliarderlar uchun panohgoh

Bu mehmonxona emas, bu yadro urushida milliarderlar uchun panohgoh
"Oppidum" (Oppidum) hashamatli bunkeri 30 ming kvadrat metr maydonni egallaydi hamda Pragadan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi sobiq harbiy baza hududida joylashgan, deb yozmoqda Kun.uz.

"Oppidum" milliarderlar uchun eng katta xususiy bunker (panohgoh) hisoblanadi. Ikki darajali gigant bazada yashovchilar sun’iy hovuz va spa-salon, ichimliklar saqlanadigan yerto‘la, kinoteatr, kutubxonadan foydalanishlari mumkin hamda hattoki quyoshli kunga o‘xshash effekt beruvchi bog‘da sayr qilish imkoniga egalar.

Tashrif buyuruvchilarga taklif etiluvchi boshqa opsiyalar – majlislar zali, tibbiy va jarrohlik xonalari, bir yillik zaxiraga ega ichimliklar saqlanadigan yerto‘la va tashqi dunyo bilan muloqot qilish qurilmalariga ega boshqaruv markazi.

Panohgohda yashirinish uchun xonalar 33 ming dollardan 261 ming dollarga qadar turadi. Bunker hammasi bo‘lib besh ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dirishi mumkin.

Panohgoh jahondagi eng nufuzli va boy odamlarga xizmat qilishga shay, bu kadrlar ular yadro urushi yuz beradigan bo‘lsa, qanday qilib omon qolishi haqida tasavvur beradi.

Yerosti panohgohlar uchun talab yadro urushi bilan bog‘liq xavotirlar fonida oshib bormoqda, sababi Shimoliy Koreya o‘zining qurollanish dasturini mustahkamlash niyatida.

Chexiyalik ishbilarmon Yakub Zabrazilning iddao etishicha, bu panohgohdagi joy uchun talab hozirdan bor.

"Oppidum" bunkerining qurilishi 1984 yilda, «Sovuq urush» davrida boshlangan bo‘lib, o‘n yil davom etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bu mehmonxona emas, bu yadro urushida milliarderlar uchun panohgoh