Amerikaning Marshfild shahri (Kanzasdan 240 kilometrga yaqin masofada) yaqinidagi 44-raqamli shosseda jiddiy avariya yuz berdi. Oqibatda 60 dan ortiq avtomobilga zarar yetdi va 20 ga yaqin mashina yuzaga kelgan tirbandlikda qolib ketdi. YTH hodisasi oqibatlarini Konuey ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamoasi ishtirokchilari dron yordamida tasvirga oldi, deb yozadi «Daryo».
Xabarda berilishicha, yo‘l-transport hodisasiga ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgan. Politsiyachilarning so‘zlariga qaraganda, havo haroratining o‘zgarib turishi tufayli qor tez erigan va yana muzlab, yo‘llarni muz qoplagan. Ustidan yoqqan qor esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan.
Bu Kanzas, Missuri va Ayova trassalarida yo‘l-transport hodisalarini yuzaga keltirgan. Ayova shtatida ham jiddiy avariya yuz bergan. Unda 70 dan ortiq avtomobil shikastlangan.
Jami 650 ga yaqin avariya qayd etilib, ular oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi