Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning maʼlum qilishicha, Ahmad Hoji Qodirov nomidagi jamgʻarma Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovga irlandiyalik Konor Makgregor ustidan gʻalaba qozongani munosabati bilan mashina sovgʻa qildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Shuningdek, siyosatchining oʻz telegram-kanalida qoʻshimcha qilishicha, Grozniy hokimi Ibrohim Zakriyev jangchiga “Grozniy shahrining faxriy fuqarosi” unvonini berdi.
Rossiyalik jangchining otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedovga “Checheniston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya sohasi xodimi” unvoni berildi.
Foto: Instagram /@shamilzavurov
Nurmagomedov va Makgregor oʻrtasida oʻrta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang 6 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan UFC 229 musobaqasida boʻlib oʻtdi. Rossiyalik jangchi toʻrtinchi raundda boʻgʻish uslubi bilan oʻz raqibini taslim etdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan jang paytida undan uzr soʻragani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?