«Rossiya 1» telekanalining 6 dekabr kungi kechki yangiliklar sonida Rossiyaning «ong ostini dasturlashtirishga» qodir texnologiyasi haqidagi syujet namoyish etildi. U «Milliy intellektual taraqqiyot» fondiga («Innopraktika» brendi ostida faoliyat yuritadi) kiruvchi Neyroinformatsion texnologiyalar markazi tomonidan ishlab chiqilgan, deb yozadi «Daryo» nashri.
Syujetda «Innopraktika» rahbari Katerina Tixonova bilan qisqa intervyu bor. Uni Reuters agentligi Rossiya prezidentining kichik qizi deb atagan edi.
Syujetda Tixonova neyromarkaz texnologiyalar sinergiyasida barpo etilganligini hikoya qiladi. «Aytish mumkinki, inson bir vaqtning o‘zida texnologiya imkoniyatlarini ham, o‘zini ham anglaydi», — deya ta’kidladi u.
Bu Tixonovaning davlat telekanaliga birinchi intervyusidir.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z qizlarining ish faoliyati haqida gapirishdan bosh tortgan edi. Shuningdek, ta’sischilaridan biri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deb taxmin etiladigan Katerina Tixonova bo‘lgan, talabalar, aspirantlar va yosh olimlarning ilmiy-loyihaviy faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi «Milliy intellektual taraqqiyot» fondi o‘z tarixidagi rekord darajali xarajatlari haqida hisobot berganligi haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi