Malayziya konstitutsiyasi talabiga ko‘ra, besh yilda bir marta yangi qirol saylanadi. Buning uchun mamlakatdagi to‘qqizta shtatda 9 nafar merosxo‘r sultonlar orasidan bir kishi qirol sifatida tanlab olinadi.
Bu gal Malayziya tarixida o‘n oltinchi marta Paxang shtati merosxo‘r sultoni Abdulla Riyayyutdin Al-Mustafo Billoh yangi qirol sifatida tanlab olindi.
Qirolni saylash marosimi mamlakat poytaxti Kuala-Lumpurda hukmdorlar kengashi majlisi doirasida tashkil etildi. Ushbu marosimga Trengannu shtati rahbari, sulton Mizan Zaynal Obidin raislik qildi.
Malayziyaning o‘n beshinchi qiroli hisoblangan Kelantan shtati hukmdori Muxammad V shu yil 6 yanvarida daf’atan qirollik taxtidan voz kechdi.
Eslatib o‘tamiz, Moxammad V o‘tgan yil oxirida rossiyalik Oksana Voyevodinaga uylangan.
Yangi qirol esa 59 yoshda. Sportchi. Sportga oid ko‘plab dasturlar homiysi. Malayziya futbol federatsiyasi prezidenti. FIFA boshqaruvi a’zosi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi