23:45 / 06.02.2019
5 042

Uy-joy narxi eng tez qimmatlashayotgan shaharlar nomi ma’lum bo‘ldi

Uy-joy narxi eng tez qimmatlashayotgan shaharlar nomi ma’lum bo‘ldi
2019 yilda dunyo poytaxtlari orasida hashamatli uy-joylar narxining eng katta o‘sishi Madrid, Berlin va Parijda kuzatilgan, deya xabar beradi Knight Frank konsalting kompaniyasi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, ushbu shaharlarda narxlar o‘rtacha olti foizga oshadi.
Moskvada qimmatbaho ko‘chmas mulk taxminan besh foizga oshishi mumkin, Sankt-Peterburgda dinamika nolga teng bo‘ladi.

Hashamatli ko‘chmas mulk qiymatining maksimal pasayishi Gonkongda (minus 10 foiz) prognoz qilinmoqda. Sidney, London va Nyu-Yorkda narx ko‘rsatkichlari o‘rtacha ikki foizga oshadi.

Hozirgi kunda Yevropada yoki AQShda narxlarda konservativ o‘sish surati saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, ekspertlar ba’zi ekzotik hududlarda, xususan, Mavriki, Maldiv orollari, Seyshel va Tailandda ko‘chmas mulk narxining sezilarli o‘sishini kutmoqda.

Yarim yil avval 2018 yilning iyulida uy-joy narxi oshishi bo‘yicha u qadar taniqli bo‘lmagan Hindistonning Surat shahri yetakchilik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uy-joy narxi eng tez qimmatlashayotgan shaharlar nomi ma’lum bo‘ldi