07:35 / 10.03.2019
3 464

Kseniya Sobchak turmush oʻrtogʻi bilan rasman ajrashganini maʼlum qildi

Kseniya Sobchak turmush oʻrtogʻi bilan rasman ajrashganini maʼlum qildi
Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak va uning turmush oʻrtogʻi Maksim Vitorgan oʻzaro bayonot bilan chiqib, anchadan beri alohida yashayotganini maʼlum qildi, deb yozadi Sputnik.

“Bu mavzu boʻyicha barcha gap-soʻzlarni toʻxtatish maqsadida munosabatlarimiz haqida jamoatchilikka bildirishga majbur boʻldik. Biz anchadan beri oʻz shaxsiy hayotimiz bilan alohida yashayapmiz. Birga yashagan vaqtimizda bir birimizga sodiq boʻlganmiz. Mol-mulkimizni, qolaversa, mehribon ota-ona sifatida katta qilayotgan farzandimizni boʻlishmaymiz”, — degan Kseniya Sobchak Instagramʻdagi sahifasida.

Matnni “Kseniya Sobchak Maksim Vitorgan” deb imzolagan.

Eslatib oʻtamiz, juftlik munosabatlaridagi inqiroz oʻtgan yil kuzida boshlangan. Ular birga yurishmas, bir qancha vaqt avval nikoh uzuklarini ham taqmay qoʻyishgan. Kseniya Sobchak koʻproq rejissyor Konstantin Bogomolov bilan birga koʻrina boshlagan.

Kseniya Sobchak va Vitorgan 2013 yilda turmush qurgan. Ular “Exo Moskvi” radiostansiyasi bosh direktorining tugʻilgan kunida ilk bor birga paydo boʻlgan, biroq aktyor va teleboshlovchining tez orada toʻyi boʻlib ketgani hatto Sobchakning doʻstlarini ham hayron qoldirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kseniya Sobchak turmush oʻrtogʻi bilan rasman ajrashganini maʼlum qildi