13:00 / 10.03.2019
3 559

Afgʻoniston markazida “Tolibon” harakatining komandiri yoʻq qilindi

Afgʻoniston markazida “Tolibon” harakatining komandiri yoʻq qilindi
Afgʻonistonning markaziy qismidagi Vardak viloyatida aviazarba natijasida “Tolibon” harakatining komandiri yoʻq qilindi. Bu haqda The Khaama Press agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

“Vardak viloyatining Sayidobod tumanida aviazarba natijasida toliblar komandiri Ubayd oʻldirildi. Taxminlarga koʻra, Ubayd bir necha nafar davlat xizmatchilari va tinch aholini oʻldirganlik uchun javobgardir”, degan agentlik suhbatdoshi.

Agentlikning qayd etishicha, Vardak viloyati Afgʻonistonning markaziy qismidagi eng notinch hududlar sirasiga kiradi. Viloyatning ayrim tumanlarida “Tolibon” va boshqa guruhlar faol harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afgʻoniston markazida “Tolibon” harakatining komandiri yoʻq qilindi