
Rossiya kubogi RPL yo‘li finalining dastlabki uchrashuvida SSKA va "Zenit" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi (1:1).
Uchrashuvdan so‘ng "armiyachilar" ustozi Vladimir Fedotov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytishiga munosabatini bildirdi.
"Uning jamoasi asosiy maqsadiga erishdi. Ular tarixda ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi va bu o‘zbek futboli uchun katta yutuqdir. Albatta, barcha murabbiylar o‘z futbolchilarining terma jamoalariga ketishi haqida qayg‘uradi. Bunday vaziyatlarda murosaga kelinadi. Biz Abbos jamoaga Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam berishini va qaytishini oldindan muhokama qilgan edik",- deydi Fedotov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar