06:30 / 23.03.2019
5 073

Olmalarda yozilgan xitoycha iyeroglif qozogʻistonliklarni qoʻrquvga soldi (foto)

Olmalarda yozilgan xitoycha iyeroglif qozogʻistonliklarni qoʻrquvga soldi (foto)
Qozogʻistonning Kokshetau shahri aholisini supermarketlardan birida xarid qilingan olmalar tashvishga soldi. Xarid qilingan olmalarda xitoycha iyerogliflar bitilgan. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, kokshetaulik Dilyara Tulegenova “Kristall” supermarketida olma sotib oladi.

“Men hamisha mahalliy olmalarni sotib olishga harakat qilaman. Bu safar ham olmaning “Saltanat” navi tanladim. Jami 4 dona xarid qildik. Doʻkonda bizga sotuvchi xizmat koʻrsatib, olmalarni tanlab bergan edi. Biz eʼtibor qilmasdan olma uchun pul toʻlab chiqib ketdik. Uyga kelib, qizim olmalarni yuvayotganda ularda yozilgan xitoycha iyerogliflari koʻrib qoldi. Biz bu olmalarni yemasdan, tashlab yubordik”, - dedi u.

Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash departamentida olmalar haqiqatdan ham Xitoydan keltirilgani va ular sogʻliq uchun xafvli emasligini tushuntirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmalarda yozilgan xitoycha iyeroglif qozogʻistonliklarni qoʻrquvga soldi (foto)