07:10 / 27.03.2019
2 573

Netanyaxu Putin va Trampga Suriyadagi inqirozni bartaraf etish rejasini taqdim etdi

Netanyaxu Putin va Trampga Suriyadagi inqirozni bartaraf etish rejasini taqdim etdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampga Suriyani inqirozini yechish boʻyicha rejasini taqdim etdi. Bu haqda The Times of Israel gazetasiga tayanib Kun.uz xabar qildi.

Avvalroq nashr suhbatdoshi Rossiya rahbari taklif etilgan rejaga qiziqish bildirganini aytgandi.

Manba reja haqidagi batafsil maʼlumotlarni oshkor qilmagan, ammo Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi AQSH, Rossiya va Isroil ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkinligini istisno qilmagan.

Suriyadagi qurolli nizo 2011 yilda boshlangan. Unda hukumat kuchlari, muxolifat va turli qurolli guruhlar ishtirok etgan. 2014 yilda AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya hududidagi terrorchilarga zarba berishni boshladi. 2015 yil yozida jangarilarga qarshi kurashga Rossiya ham qoʻshildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Putin va Trampga Suriyadagi inqirozni bartaraf etish rejasini taqdim etdi