Kanadalik muslimalar: «Hijob – bizning huquqimiz»

  • 08 aprel 2019, 19:30
  • 678
  • Dunyo
  • Kanadalik muslimalar: «Hijob – bizning huquqimiz»
    Kvebek provinsiyasining eng yirik shahri hisoblanuvchi Monreal shahrida (Kanada) davlat xodimlariga ish paytida diniy ramzlarni taqib yurishini (kiyishini) taqiqlovchi qonun loyihasiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    Qonun loyihasida Kanadaning dunyoviy davlat ekani ta’kidlanib, davlat ishida ishlaydiganlar uchun ish paytida diniy ramzlardan foydalanishni taqiqlash taklif etilgan. Agar qonun qabul qilinsa, nasroniylarning ish paytida xoch taqishi yoki muslimalarning hijob kiyishi taqiqlab qo‘yiladi.

    Journal du Montreal nashrining yozishicha, norozilik namoyishchilari hukumatni ushbu qonun loyihasini qabul qilishdan voz kechishga chaqirdi. Ular bunday qonun fuqarolarning vijdon erkinligini buzadi va jamiyatda islomofobiyaning urchishiga sabab bo‘ladi degan fikrda.

    » » Kanadalik muslimalar: «Hijob – bizning huquqimiz»