Foto: «RIA Novosti»
Kreml saytida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedevning daromadlari deklaratsiyasi chop etildi, deb xabar berdi Daryo.uz.
Unga ko‘ra, Vladimir Putinning 2018 yildagi daromadi 8 million 648 ming 353 rublni tashkil etgan. Dmitriy Medvedev esa 2018 yilda 9 million 917 ming 510 rubl miqdorida daromad olgan.
Rossiya hukumati a’zolari orasida 2018 yilda eng ko‘p — 538 million rubl miqdoridagi daromad Rossiya prezidentining Uzoq Sharq federal okrugidagi vakili va vazir o‘rinbosari Yuriy Trutnevga tegishli.
Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov deklaratsiyada 443 million rubl olishini, qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev esa 183 million rubl olishini qayd etgan.
Prezident administratsiyasida esa eng ko‘p — 657 million rubl miqdoridagi daromad Rossiya prezidentining Volgabo‘yi federal okrugidagi vakili, «Roskosmos»ning sobiq rahbari Igor Komarovga tegishli. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"