22:28 / 22.04.2019
2 824

Turkiyaning bosh muxolifatchisi noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi

Turkiyaning bosh muxolifatchisi noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi
Turkiyadagi Respublika xalq partiyasi lideri Kemal Qilichtaro‘g‘lu Anqarada vafot etgan zobitning janozasida qatnashayotganida noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi.

Xabarda aytilishicha, muxolifat lideri xavfsizlik kuchlari tomonidan voqea sodir etilgan joydan uzoqda bo‘lmagan bir uyga olib kirilgan va u kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda. Anqara politsiyasi muxolifatchilarni kaltaklaganlarni qidirmoqda.

Respublika xalq partiyasi Turkiyadagi asosiy muxolifat hisoblanadi. Kemal Qilichtaro‘g‘lu bu partiyani 2010 yildan beri boshqarib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaning bosh muxolifatchisi noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi