11:33 / 27.05.2019
5 592

Jirinovskiy yaqin o‘n yil ichida butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘ladigan hodisalarni «bashorat» qildi

Jirinovskiy yaqin o‘n yil ichida butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘ladigan hodisalarni «bashorat» qildi
Foto: KgNews
RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy yaqin 10 yillikdagi «bashoratlari»ni ma’lum qildi. 73 yoshli siyosatchi Xitoy iqtisodiyotining inqirozini, Eronga raketa zarbalari amalga oshirilishini, Ukrainaning tarqab ketishi va Markaziy Osiyo islom radikallari tomonidan egallab olinishini bildirdi, deya xabar qiladi "Daryo" nashri.

Rossiya davlat dumasi deputati bu haqda «Vladimir Solovyov bilan kecha» dasturining efiri vaqtida ma’lum qilgan. Jirinovskiy hozirda Moskva va Vashington o‘rtasida o‘z ta’sir doiralarini bo‘lib olish bo‘yicha «maxfiy muzokaralar» o‘tkazilayotganini aytgan.

«Zelenskiy g‘olib chiqdi, biroq bu ukrainaliklarning tanlovi. Kelajakda bizni ajoyibotlar kutmoqda. Ukrainaning o‘nta qismga emas, balki yakson bo‘lishi. Undan keyin esa Isroil Eronga o‘n yil oldin zarba berish qarorini qabul qilgandi va buni amalga oshiradi. Amerika kemalari qirg‘oq tomon harakatlanmoqda. Zarbalardan so‘ng Eronda millionlab qochoq paydo bo‘ladi. Ular qayerga boradi? Shimolga. Biz nima qilamiz? Chegaralarni yopamiz. U yerda qonli to‘qnashuv yuzaga keladi — Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya vayron bo‘ladi. Suriyada omon qolgan jangarilar Afg‘oniston shimoliga shay turibdi va Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun ishorani kutmoqda», — deydi Jirinovskiy.

Uning fikricha, bu kabi xalqaro muammolarga barham berish uchun Rossiya va AQSh rahbarlari o‘zaro uchrashishi kerak. Deputatning e’tiboridan o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahri, Olmaota ham chetda qolmagan.

«Markaziy Osiyo federal okrugi — ona shahrim Olmaota. Uning nomini Verniyga o‘zgartirib, general-gubernatorni o‘tirg‘izib qo‘yamiz. Yaqin 10 yil ichida tartib o‘rnatiladi», — deb ta’kidlaydi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jirinovskiy yaqin o‘n yil ichida butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘ladigan hodisalarni «bashorat» qildi