Vulqon otilishining samolyotdan olingan videosi barchani lol qoldirdi (video)

  • 19 iyun 2019, 17:19
  • 1 367
  • Dunyo
  • Vulqon otilishining samolyotdan olingan videosi barchani lol qoldirdi (video)
    Meksikadagi Popokatepetl vulqoni yonidan uchib o‘tayotgan samolyot yo‘lovchisi tomonidan olingan video lavha internet tarmog‘i foydalanuvchilarini hayratga soldi deb yozadi «Zakon.kz» nashri.

    Mazkur video orqali och pushti rangdagi kun botishi fonida havoga vulqon otilayotganini ko‘rish mumkin.

    Aksetlar tilidan tarjima qilganda «tutayotgan tog‘» degan ma’noni bildiruvchi Popokatepetl vulqoni dengiz sathidan 5,4 ming metr balandlikka ko‘tariladi. Vulqon Meksika ramzlaridan biri hisoblanadi.

    » » Vulqon otilishining samolyotdan olingan videosi barchani lol qoldirdi (video)