Zelenskiyning prezident lavozimidagi birinchi maoshi 485 dollar bo‘ldi

  • 26 iyun 2019, 07:09
  • 823
  • Dunyo
  • Zelenskiyning prezident lavozimidagi birinchi maoshi 485 dollar bo‘ldi
    Vladimir Zelenskiyning Ukraina prezidenti lavozimidagi birinchi maoshi may oyida 12 797 griven (485 dollarga yaqin) bo‘ldi. Bu haqda prezident ma’muriyati Ukrainaning "Faktor" nashri so‘roviga bergan javobida aytilmoqda.

    "Davlat ishlari boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga 2019 yil may oyi uchun 12 797 griven miqdorida maosh hisoblandi", - deyiladi javobda.

    Qayd etilishicha, Zelenskiyga ustama va mukofotlar yozilmagan. Maoshdan 2 481 griven (95 dollar atrofida) majburiy yig‘im va soliqlar ushlab qolingan.

    Zelenskiy prezident lavozimiga rasman 20 maydan kirishgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Zelenskiyning prezident lavozimidagi birinchi maoshi 485 dollar bo‘ldi