Bernar Arno dunyoda boyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Bill Geytsdan o‘zib ketmoqda

  • 18 iyul 2019, 11:46
  • 1 093
  • Dunyo
  • Bernar Arno dunyoda boyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Bill Geytsdan o‘zib ketmoqda
    Bill Geyts dunyoda boyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi shaxs emas, deya xabar bermoqda cnn.com. Endilikda ushbu faxriy nom fransuz milliarderi Bernar Arnoga tegishli.

    Hashamatli buyumlar ishlab chiqaruvchi LVMH kompaniyasi bosh direktori Arno Bloomberg milliarderlar indeksi bo‘yicha Geytsdan o‘zib ketgan. Indeks yetti yil avval paydo bo‘lganidan beri, Geyts ilk marta kuchli ikkilikdan chiqib ketdi.

    Indeks ma’lumotlariga ko‘ra, Arnoning shaxsiy mablag‘lari 108 milliard dollarga yaqin. O‘tgan yili uning boyligiga 39 milliard dollar qo‘shilgan. Microsoft (MSFT) asoschisi Geyts esa 107 milliard dollarga egalik qiladi.

    Arno LVMH kompaniyasini global hashamat markaziga qurgan. U Louis Vuitton, Christian Dior va Givenchy kabi brendlarni nazorat qiladi.

    Yil boshida Arno Parijdagi Notr-Dam soborini qayta tiklash uchun 200 million yevro (224 million dollar) ajratganida gazetalar bosh sarlavhasiga tushgan edi.

    Bloomberg’ga ko‘ra, agar xayriya ishlari bo‘lmaganida, Geyts birinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi. Dasturiy ta’minot dahosi Bill va Melinda Geyts jamg‘armasiga 35 milliard dollardan ortiq xayriya qilgan.

    Amazon bosh direktori Jeff Bezos Bloomberg ro‘yxatida 125 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni egallagan.

    » » Bernar Arno dunyoda boyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Bill Geytsdan o‘zib ketmoqda