Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qo‘riqchilikka olti yoshli Muhammad-Emi Gaziyevni ishga oldi, deb xabar bermoqda Sputnik.
Bolaning ota-onasi farzandi Checheniston rahbariga qo‘riqchilik qilish istagi haqida bayon etgan videoni tarmoqqa joylashtirdi. Bu videoni ko‘rgan Qodirov bolaning orzusini amalga oshirishga qaror qildi.
«Bugundan boshlab hech narsadan xavotir olmasam bo‘ladi. Menda dunyoda tengi yo‘q professional-qo‘riqchi paydo bo‘ldi», — deb yozdi Qodirov o‘zining Instagram sahifasida.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, bola qo‘rqmas, qat’iy va jazoratga to‘la.
«U men uchun tog‘ bo‘lib turish va har qanday hujumni qaytarishga tayyor», — dedi Qodirov.
Gaziyevga formali kiyim-bosh berildi, o‘yinchoq qurol esa bolalar do‘konidan sotib olindi. Bolakayga Ahmed Dudayev kurator etib tayinlandi.
Qodirov bolaga «katta, kuchli, haqiqiy vatanparvar va vatan himoyachisi» bo‘lib yetishishini tiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"