Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" (4:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Avvalo O‘zbekistonda yashab kelayotgan xristian diniga mansub insonlarni "Pasxa" bayrami bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, jarohatlar va yo‘qotishlar bizga pand berayapti. O‘sha Jasur Xakimov bilan bog‘liq vaziyatni ham shu faktorlar qatoriga qo‘shsa bo‘ladi. Harakat qildik, biroq bizning kunimiz emas ekan. "Navbahor"ga navbatdagi bahslarda omad tilayman.
- Bugungi mag‘lubiyatga asosiy sababni nima bilan izohlaysiz?
- Aytib o‘tdim, yo‘qotishlar. Jamoa tarkibi yangi, vaqt kerak. Harakat qilayapmiz, lekin ruhiyatga ham ko‘p narsa bog‘liq. Nazarimda bugun kuchli tarkibga ega "Navbahor"ga o‘yindan oldinoq mag‘lub bo‘lib maydonga tushgandek ko‘rinayapmiz.
- O‘tkazib yuborilgan gollar darvozabon xatosi bilan bog‘liqmi?
- Darvozabon yoki boshqa futbolchi maydonga tushishi uchun tayyorligi haqida shifokor bilan gaplashamiz. Raqobat bor va bu biz uchun muhim. Yutqazganimizda faqat darvozabon aybdor bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi