Foto: Sputnik
O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yilning 30-iyul kuni So‘g‘d viloyati Shahriston dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi va mashinaning daryoga qulab ketishi oqibatida O‘zbekiston furqarosi A.D. vafot etdi. Boshqa hamyurtimiz A.N. jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida vatanga yuborildi.
Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va jarohatlangan hamyurtimizga yordam berishning konsullik-huquqiy masalalari bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda mamlakatimizning Dushanbe Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +992-37-224-75-39, +992-37-228-99-03, +992-37-224-75-42. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi