00:13 / 04.08.2019
4 678

21 yashar Xalima Aden dunyodagi birinchi hijobli top-model bo‘ldi

21 yashar Xalima Aden dunyodagi birinchi hijobli top-model bo‘ldi
21 yashar Xalima Aden dunyodagi birinchi hijobli top-modelga aylandi, deb yozadi Sof.uz nashri.
Xalima hech qachon jamoatchilik joylarida hijobni yechmaydi. Hatto eng mashhur kupalniklar jurnali bo‘lmish Sports Illustrated Swimsuit muqovasi uchun model musulmon ayollariga xos bo‘lgan libos - burkinida suratga tushdi.

Xalima jurnal tarixida fotosessiya uchun yechinmagan birinchi ayol bo‘ldi. Shu bois, Xalima uchun bir nechta burkinilar maxsus tikildi.

Sohibjamolning vatani Keniya. U yoshligida yetti yil davomida Somalidagi qochqinlar lagerida yashagan, so‘ngra uning oilasi AQShga emigratsiya qilish imkonini topgan.

Hozirda model o‘zi bilan ro‘y bergan voqeani haqiqiy mo‘’jiza hisoblaydi. U haqiqiy amerikancha orzuni amalga oshira oldi: qashshoqlikdan chiqdi, o‘z kuchi bilan muvaffaqiyatga erishdi va faol hayotiy pozitsiyasini namoyon etdi.

Musulmon-modelning fikricha, uning jurnal muqovasida paydo bo‘lishi shariat qoidalariga amal qiluvchi ko‘plab ayollarga signal bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

"Yopiq libos kiygan va hijobli model ochiq bikinidagi go‘zal ayol yonida turishi mumkin. Ular bir-birlarini munosib baholashlari, qo‘llab-quvvatlashlari va yoqlashlari mumkin", - deydi Aden.

Xalima mashhurlikka ikki yil oldin erishgan. O‘shanda 19 yashar qiz "Miss Minnesota" go‘zallik tanlovida ishtirok etgan edi. U o‘shanda na tanlov, na go‘zallik va na podium uchun o‘z-o‘ziga xiyonat qilmasligini aytgan. Sohibjamol hijobni yechishni rad etgan holda tanlovning yarim finaligacha yetib borgan. Shundan so‘ng u aksariyat modellik agentliklari nazariga tushgan.

Kane Uest Adenni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Modalar haftaligida o‘z kolleksiyasi namoyishiga taklif etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 21 yashar Xalima Aden dunyodagi birinchi hijobli top-model bo‘ldi