3 627
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kunining oxirida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Muloqotda Qirg‘izistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhim ekani alohida qayd etildi. Qo‘shni mamlakatdagi vaziyat amaldagi qonunchilik doirasida tez orada barqarorlashishiga umid bildirildi.
O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegarasini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish hamda chegarada ishonch choralari to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq uning xavfsizligini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida davlat rahbarlari keng ko‘lamli hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi
Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi