19:42 / 10.05.2024
270

Sankt-Peterburgda yo‘lovchi avtobus daryoga qulab tushdi (video)

Sankt-Peterburgda yo‘lovchi avtobus daryoga qulab tushdi (video)
Foto: Videodan kadr
Sankt-Peterburg shahri markazida ichida 20 nafar yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus Moyka daryosiga qulab tushgan.

«Fontanka» nashri guvohlarga tayanib bergan xabarga ko‘ra, sohil bo‘ylab harakatlangan avtobus ikki avtomobilga urilgan, to‘siqni buzib o‘tgan va suvga tushib ketgan.

Politsiyadagilar avtobusda 20 nafar atrofida odam bo‘lganini xabar qilgan. Voqea joyida qutqaruv amaliyoti davom ettirilgan — odamlar avval salondan avtobus tomiga chiqarilgan, keyin esa quruqlikka olib o‘tilgani aytilmoqda.

Dastlab «112» telegram-kanali manba keltirmasdan besh kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi — keyinroq post tahrirlab qo‘yildi, endi u yerda faqat bir qurbon haqida gap ketadi.

TASS agentligi operativ xizmatlardagi manbasiga asoslanib, qurbonlar soni uch nafarni tashkil etayotgani, yana olti kishi shifoxonaga yotqizilganini xabar qilgan.

«Ostorojno, novosti» nashri guvohlarga tayanib xabar berishicha, birinchi bo‘lib yaqin atrofda bo‘lgan mehnat muhojirlari avtobus yo‘lovchilariga yordam ko‘rsatishga oshiqqan va bir necha kishini avtobusdan chiqarib olishgan.

Avtobus haydovchisi qo‘lga olingan, holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda yo‘lovchi avtobus daryoga qulab tushdi (video)