19:14 / 10.05.2024
267

Nazarboyevning kuyovi Londondagi qasrini 43,4 mln dollarga sotdi

Nazarboyevning kuyovi Londondagi qasrini 43,4 mln dollarga sotdi
Foto: Reuters
Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev Londonning Meyfer rayonidagi uyini 34,7 million funt sterlingga (10 may kursi bo‘yicha 43,4 mln dollar) sotdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Uyning yangi egasi North Wind Capital investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya vakillari va Kulibayev joriy yil mart oyi oxirida tuzilgan bitimga izoh berishdan bosh tortgan. Timur Kulibayev qo‘shni uyni ham sotishni rejalashtirmoqda. Hujjatlarga ko‘ra, Meyfer hududidagi ikkita uy Nazarboyevning kuyovi tomonidan 2007 yilda mos ravishda 25,8 million funt sterlingga (32,2 million dollar) va deyarli 12 million funt sterlingga (14,9 million dollar) sotib olingan.

Nazarboyevning kuyovi qariyb yigirma yil davomida Bukingem saroyi yaqinidagi qo‘shni uylarga egalik qilgan. Hozirgacha Kulibayev sotishga muvaffaq bo‘lgan uylar asosan bo‘sh bo‘lgan.

O‘tgan yili qozog‘istonlik milliarder o‘zini sotilgan uyga egalik qiluvchi Britaniyaning Virjiniya orollaridagi Merix International Ventures kompaniyasi egasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bunga Britaniyada ofshor kompaniyalardan yakuniy benefitsiarini oshkor qilishni talab qiluvchi qonun sabab bo‘lgan.

Timur Kulibayev Nazarboyevning o‘rtancha qizi Dinaraning turmush o‘rtog‘i. 2007 yilda ofshor kompaniyasi orqali u Berkshirdagi Sunninghilldagi mulkni hozirgi qirolning ukasi shahzoda Endryudan 15 million funt sterlingga sotib olgan.

Times nashrining yozishicha, Kulibayev Britaniya Virjiniya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya orqali Gayd-park yaqinidagi 1,5 million funt sterlinglik mulkka ham egalik qiladi.

Qozog‘istonlik milliarder Timur Kulibayev Nazarboyevning o‘rtancha qizi Dinara bilan oila qurgan. U Halyk Bank'ning asosiy aksiyadori, mamlakatdagi ikkinchi eng badavlat inson. Kulibayev, shuningdek, ko‘p tarmoqli “Kipros” MCHJga va umumiy maydoni 950 ming kvadrat metr bo‘lgan tijorat ko‘chmas mulkini boshqaruvchi Mercury Properties MCHJdan muayyan ulushga egalik qiladi.

Kulibayev haqida nimalar ma’lum?
2022 yil yanvar voqealaridan keyin Kulibayev ham sobiq prezident oilasining ko‘plab a’zolari singari bir qator lavozimlarini yo‘qotdi. Xususan, sakkiz yillik rahbarlikdan so‘ng u “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasini tark etdi, shuningdek, Rossiyaning “Gazprom” direktorlar kengashi a’zoligidan iste’foga chiqdi va uning tarkibini tark etdi.

Shu bilan birga, Kulibayev Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari lavozimini saqlab qoldi. Ammo OAV aniqlashicha, MOQning o‘zi sportga ajratilgan davlat mablag‘larini taqsimlashdan chetlashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevning kuyovi Londondagi qasrini 43,4 mln dollarga sotdi