18:51 / 10.05.2024
149

AQSH noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar ko‘rmoqda

AQSH noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar ko‘rmoqda
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlarini kamaytirish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, choralar bir necha oy davomida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular birinchi navbatda sudlangani sababli boshpana olish huquqiga ega bo‘lmagan yoki milliy xavfsizlikka tahdid soladigan shaxslarga ta’sir qiladi.

Ba’zi hollarda boshpana olish jarayoni yillarga cho‘zilishi mumkin va taklif etilayotgan choralar ushbu muddatni huquqqa ega bo‘lganlar uchun sezilarli darajada qisqartirishga qaratilgan. Tez orada AQSH Ichki xavfsizlik departamenti tomonidan yangi qoidalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Axios portali Amerika ma’muriyati 9 may kuni chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni rad etish tartibini tezlashtiradigan yangi qoida joriy qilishi mumkinligini aytgan edi.

Noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq vaziyat janubiy shtatlar va federal hukumat o‘rtasida bir necha yillardan beri bahsli bo‘lib kelmoqda. Eng keskin vaziyat Texas shtatida vujudga kelgan, uning gubernatori Greg Ebbott noqonuniy migratsiyaga qat’iy chek qo‘yish tarafdori va Amerika ma’muriyatining bu boradagi siyosatiga qarshi. Respublikachi gubernator noqonuniy muhojirlarni yirik shaharlarga, jumladan, Vashington, Nyu-York va Chikagoga avtobuslar orqali yuborishni boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar ko‘rmoqda