12:43 / 25.09.2019
3 162

Oshxonada uzoq yillar osilib turgan kartina 6 mln yevrogacha sotilishi mumkin

Oshxonada uzoq yillar osilib turgan kartina 6 mln yevrogacha sotilishi mumkin
Foto: AFP
Fransiyaning Kompen shahridagi uylardan birida, oshxonadagi plita tepasida uzoq yillar kartina osilib turgan va uy bekasi uni qadimiy ikona hisoblab kelgandi. Bu haqda Daryo ma’lum qilmoqda.

Birmuncha vaqt avval ayol kartinaning narxini bilishga qiziqib, mahalliy antikvarlarga olib borishga qaror qiladi. Bu yerda qadimiy ikona Uyg‘onish davri arafasining eng mashhur vakillaridan biri va Jottoning ustozi florensiyalik musavvir Chimabue (haqiqiy ism-sharifi Chenni di Pepo) qalamiga mansubligi aniqlanadi.

San’atshunoslar taxminiga ko‘ra, Kompendagi uyda topilgan kartina Chimabue 1280 yilda yaratgan diptixning bir qismi bo‘lib, uning har bir yarmi Iso Masih qiynoqqa solinishi va xochga tortilishi aks etgan to‘rtta ko‘rinishdan iborat. Hozirga qadar faqat ikki ko‘rinish saqlanib qolgan deb hisoblanar va ulardan biri Londondagi Milliy galereya, ikkinchisi Nyu-Yorkdagi Frik kolleksiyasida saqlanar edi.

Oshxonadan topilgan kartina — «Isoni masxaralash» Fransiyaning Sanlis shahrida 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Actaeon auksioniga qo‘yiladigan bo‘ldi. U 4 milliondan 6 million yevrogacha baholanishi kutilmoqda.

Kartina egasi bo‘lgan ayol Chimabuening asari uyida qanday paydo bo‘lganini bilmasligini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oshxonada uzoq yillar osilib turgan kartina 6 mln yevrogacha sotilishi mumkin