17:53 / 25.09.2019
2 941

Turkmanistonda odamlar tuxum sotib olish uchun soatlab navbat kutmoqda (video)

Turkmanistonda odamlar tuxum sotib olish uchun soatlab navbat kutmoqda (video)
So‘nggi vaqtlarda Ashxobod shahrining Paraxat-7 mikrotumanidagi poytaxt bozorida tovuq tuxumlarini sotib olishni istagan xaridorlar tonggi soat 04:00 dan navbatga turmoqda. Bozor darvozalari soat 06:00 dan ochiladi va tuxum savdosi ham shu vaqtda boshlanadi. Tuxumlar kishi boshiga 11 tadan bir donasi uchun 5 manat narxida sotilmoqda. Narxning bunday belgilangani sotuvchilarning mijozlarga tezda qaytim berishi uchun qilingan. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashriga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Odamlar bozor darvozasidan tuxum savdosi nuqtasiga yetib borguniga qadar navbat palapartish holatga kelib, baqir-chaqir va janjallar boshlanib ketmoqda. Tuxum tez sotib bo‘linmoqda va hamma ham uni olishga ulgurmayapti.

«Ushbu hodisalardan bir necha daqiqa oldin bozor janubiy darvozasida 30 tadan 60 tagacha paketda tuxum ushlagan davlat do‘konlari sotuvchilarning qarindoshlarini uchratish mumkin. Ular navbatda turmaydi va 11 talik cheklov ularga taalluqli emas», — deya qayd etgan nashr.

Savdoning erta boshlanishini sotuvchilar «rahbariyat gavjum navbatni ko‘rmasligi va janjallarni eshitmasligi uchun qilinayapti» deya izohladi. Sotuvchilarga ham soat 04:00 dan ishga chiqish yoqmayapti, ammo iloj qancha.

Tovuq go‘shtining davlat narxidagi savdosi bilan bog‘liq vaziyat ham tuxum sotuvi bilan deyarli bir xil. Import tovuq go‘shti mahsulotlari (tovuq oyoqlari) ayni vaqtda sotuvda yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda odamlar tuxum sotib olish uchun soatlab navbat kutmoqda (video)