Foto: Alarab.co.uk
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning shaxsiy tansoqchisi, brigada generali Abdulaziz al-Fahm o‘qotar jarohat oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Politsiyada ta’kidlanishicha, general 28 sentyabr kechki vaqt o‘z do‘sti uyida otib tashlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, podshoh qo‘riqchisi do‘sti Turki bin Abdulaziz as-Sobtiyni ko‘rgani Jiddaga borgan. U yerda general va do‘stining yana bir mehmoni Mamduh bin Mash’al Al Ali o‘rtasida mojaro chiqqan. Mojarodan keyin Mamduh uydan chiqib, u yerga qurol bilan qaytgan va uydagi barchani betartib o‘qqa tutgan.
Podshoh tansoqchisi og‘ir jarohat olib, shifoxonada jon bergan. Mojaro vaqtida yana ikki kishi, jumladan uyning egasi va filippinlik ishchi jarohat olgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar va ularga taslim bo‘lishni istamagan jinoyatchi o‘rtasida otishma yuz bergan. Otishma vaqtida 5 politsiyachi yaralangan, jinoyatchi esa otib o‘ldirilgan.
General al-Fahm ko‘plab saudiyalik podshohlar bilan ishlagan, marhum podshoh Abdullohning shaxsiy tansoqchisi bo‘lgan, keyinroq podshoh Salmonni qo‘riqlagan va dunyoda o‘z ishining eng mohirlaridan biri hisoblangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi