14:45 / 02.05.2024
372

Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi

Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Illustrativ foto: zn.ua
Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa tizimlari 2 mayga o‘tar kechasi Rossiya hududi uzra 12 ta Ukraina dronini urib tushirganini ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Bryansk viloyati hududida beshta, Krasnodar o‘lkasida uchta, Rostov viloyatida ikkitadan, Kursk va Belgorod viloyatlarida bittadan dronlar yo‘q qilingan. Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoytning yozishicha, dron hujumi tufayli elektr uzatish liniyalari shikastlangan va Pinari qishlog‘i elektr energiyasisiz qolgan.

Mudofaa vazirligi matbuot bayonotida tilga olinmagan Orlov va Smolensk viloyatlari rasmiylari ham dron hujumi haqida xabar bergan. Orlov viloyati gubernatori Andrey Klichkovning aytishicha, dronlarni zararsizlantirish paytida energetika infratuzilmasi obyektlari shikastlangan, shu sababli viloyatning Glazunovskiy va Sverdlovsk tumanlaridagi uylar elektrsiz qolgan.

Smolensk viloyati rahbari Vasiliy Anoxinning ma’lum qilishicha, Ukraina dronlari energetika infratuzilmasi obyektlariga zarar yetkazishga “uringan”. ASTRA Telegram kanali xabariga ko‘ra, dronlar yetib kelganidan so‘ng viloyatning Roslavl tumanida yong‘in sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi