Bugun, 2 may kuni Parlament Quyi palatasida deputatlar ishtirokida «Brakonerlikka qarshi kurashning institutsional asoslarini takomillashtirish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda deputatlar va mutaxassislar, jumladan, bugungi kunda hayvonot dunyosini nobud qilish, taqiqlangan ov qurollari va usullari bilan ov qilish kabi holatlar ko‘payib ketganiga to‘xtaldi.
Shu bois, deputatlar tomonidan hayvonot dunyosi obektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritish hamda taqiqlangan qurollar, vositalar yoki usullar bilan (portlovchi va kimyoviy moddalar, biologik preparatlar, elektr qarmoqlar) ov qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bildirildi. Shuningdek, ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqish taklifi ilgari surildi.
Deputatlarning fikricha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga kiritilishi taklif etilayotgan bunday qo‘shimcha va o‘zgartirishlar fuqarolar (mansabdor shaxslar) tomonidan sodir etilayotgan ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatlarni (taqiqlangan qurollar yoki vositalardan, xususan, elektr toki, portlovchi va kimyoviy moddalar hamda biologik preparatlarni qo‘llagan holda ov qilish) oldini olishga xizmat qiladi. Qolaversa, mazkur turdagi huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun jazo muqarrarligi ta’minlanadi, katta miqdordagi yovvoyi hayvonlar va baliq zaxiralari qirilib ketishining oldi olinadi.
Tadbirda davomida muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan soha mutaxassislarining javoblari tinglandi. Tadbir yakunida bildirilgan takliflardan kelib chiqib, fraksiya va qo‘mitaning tegishli qo‘shma qarori qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”