Gorbachyov sovuq urushda kim g‘olib bo‘lganini aytdi

  • 22 oktyabr 2019, 20:53
  • 3 131
  • Dunyo
  • Gorbachyov sovuq urushda kim g‘olib bo‘lganini aytdi
    Sovet Ittifoqi va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi sovuq urushning tugashi umumiy g‘alaba edi. Bu haqda SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov Germaniyaning “Welt am Sonntag” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    “Lekin G‘arb siyosatchilari, birinchi navbatda AQSh, o‘zlarini g‘olib deb e’lon qildi. Bu haqda hamma joyda jar solishdi. Aytgancha, ommaviy axborot vositalari ham ularning nog‘orasida o‘ynadi”, - deya Gorbachyov.

    Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, G‘arb davlatlari yetakchilari urush yakunlanganini bunday talqin qilinishi Rossiyada qanday qabul qilinishi va kelgusi munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini hisobga olishmagan.

    Gorbachyovning ta’kidlashicha, Rossiya hamkorlari “yangi davr sinovlariga dosh berolmagan” va bu ular va Moskva o‘rtasidagi hozirgi kelishmovchiliklarning asosiy sababidir.

    “So‘nggi paytlarda Yevropada ba’zi siyosatchilar Rossiya izolyatsiyasiga urinishlar barcha uchun zararli ekani va birgalikda barcha tomonlarga mos keladigan yechimni izlash zarurligi haqida chuqurroq o‘ylay boshladilar. Men bilaman, Rossiyada ham shu haqda o‘ylashmoqda”, - deya xotima qilgan u.

    1946 yildan 1980 yil oxiriga qadar bo‘lgan davrda SSSR va AQSh rahbarlik qilgan ikki davlat blokining harbiy, iqtisodiy va mafkuraviy qarama-qarshiligiga sovuq urush deb ataladi. 1989 yil dekabr oyida Gorbachyov va Amerika prezidenti katta Jorj Bush sovuq urushning yakunlanganini rasman e’lon qilishdi. Qarama-qarshilikning yakunlangani 1990 yilda qabul qilingan “Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi” hujjati bilan tasdiqlangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Gorbachyov sovuq urushda kim g‘olib bo‘lganini aytdi