Joshua Bekford olti yoshida birinchi marta Oksford universitetiga qabul qilingan eng yosh talaba sifatida xalqaro nashrlarda e’lon qilindi, deb xabar beradi Healthy Food House.
2011 yilda uning otasi Oksford universitetida sakkizdan o‘n uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dastur haqida eshitib qoldi. U ushbu nufuzli universitetga o‘sha dastur uchun belgilangan yoshdan kichik bo‘lsa ham, bolasini qabul qilish umidida xat yozdi. Oxir oqibat, Bekfordga o‘qishga kirish imkoni tug‘ildi va o‘qishga qabul qilingan eng yosh talaba bo‘ldi.
Vunderkind bola falsafa va tarix fanidan saboq oldi va ikkalasidan ham a’lo baholar oldi. U iqtidorli bolalar uchun onlayn o‘quv platformasi tarkibidagi barcha kurslardagi eng yaxshi natijalardan so‘ng sertifikat ham oldi.
Autizm bilan kasallangan kichkina daho allaqachon jamiyatga ta’sir ko‘rsatgan dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan, autizmi bor 30 kishidan biri sifatida tan olingan.
Uning otasi Knox Daniel, o‘g‘li 1 yoshga to‘lmasidanoq o‘z qobiliyatlarini ko‘rsata boshlaganini tushuntirib berdi. Joshua 10 oylik bo‘lganida, otasi unga klaviaturadagi harflar nimani anglatishini aytib bera boshlagan va bola ham ularni eslab va tushuna boshlagan.
Uch yoshida Joshua ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirdi, yapon va boshqa xorijiy tillarni o‘rganishni davom ettirdi. Hayratlanarli qobiliyatli bola namunaviy o‘quv dasturi uchun juda ilg‘or bo‘lgani uchun uy sharoitida o‘qigan.
U kelajakda neyroxirurg bo‘lishni orzu qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi