Foto: mgimo.ru
Joriy yilning 15 noyabr kuni Sankt-Peterburgda «Yil homiysi» mukofotini topshirish bo‘yicha oltinchi marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «MGIMO» saytida xabar qilindi.
Asosiy nominatsiyada g‘oliblik 1976 yilda Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan, Shodiyev xalqaro jamg‘armasi asoschisi, universitet Vasiylik kengashi a’zosi va «MGIMO» fondining asoschilaridan biri Fattoh Qayumovich Shodiyevga berildi. Mukofot Rossiyadagi Kabuki teatri truppasining gastroliga bosh homiylik uchun taqdim etildi. Mukofotni Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topshirdi.
Shodiyev xalqaro jamg‘armasi ko‘p yillar davomida «MGIMO» bilan hamkorlik qilib keladi hamda talabalarga chet el universitetlarida tahsil olish va stajirovkadan o‘tish imkoniyatini yaratadi, deya ta’kidlangan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Fattoh Shodiyev - asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan qozog‘istonlik milliarder, Belgiya fuqarosi. 1992 yildan beri Aleksandr Mashkevich va Alijon Ibrohimovning sherigi. Uning boyligi 3,7 milliard dollarga baholanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi