Dunyo bo‘ylab sayohat qilish uchun albatta, barchamiz aeroportlar xizmatidan foydalanamiz. Butun jahonda son-sanoqsiz aeroportlar qurilgan bo‘lib, ulardan bir qanchasi yuqori darajadagi mashhurlikka erishgan. 2019 yilda eng katta aeroport deb topilgan manzil bu Beijing Daxing Xalqaro aeroporti bo‘ldi. Ushbu yangi ochilgan aeroport Xitoy poytaxti Pekindan 40 km janubda joylashgan.
Tantanali ochilish marosimi esa Xitoyning 70 yilligini nishonlashdan bir hafta oldin amalga oshiriladi. Hozirda uni sinov tariqasida bir necha hafta foydalanishga topshirishdi. Bu aeroport qariyb besh yillik muddatdan so‘ng bitkazilgan bo‘lib, 63 milliard dollarlik ushbu ob’ekt 18 kvadrat mil maydonda joylashgan.
Bu jihatlari bilan u dunyodagi eng katta aeroportga aylandi. Biz yuqorida qayd etgan mashhur aeroport loyihasining muallifi 2016 yil vafot etgan arxitektor ayol Zaha Hadid hisoblanadi. Marhuma Zaha Hadid Pritsker mukofotini ham qo‘lga kiritgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi