18:26 / 10.05.2024
415

Devid Kemeron: “Dunyo Rossiyaning Ukrainadagi urushidan saboq olmadi”

Devid Kemeron: “Dunyo Rossiyaning Ukrainadagi urushidan saboq olmadi”
Foto: Reuters
NATO ittifoqchilari Rossiya bilan keng miqyosli urush xavfi tufayli mudofaa xarajatlarini oshirishi kerak. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronga tayanib, Politico xabar berdi.

Kemeron “mintaqada urush ketayotgan paytda ham mudofaaga sarmoya kiritishni istamaydigan” yevropalik ittifoqchilarni tanqid qildi. U NATO ittifoqchilaridan mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizi miqdorida oshirishga chaqirdi. London bu ko‘rsatkichga 2030 yilgacha erishmoqchi.

Bo‘lajak NATO sammiti oldidan barcha ittifoqchilar 2014 yilda Uelsda bergan mudofaa xarajatlarini 2 foizga oshirish va’dasini bajarishi kerak. Shuningdek, biz NATOning barcha ittifoqchilari uchun yangi mezon sifatida 2,5 foizni belgilashimiz lozim”, — dedi u.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Ukrainadagi urushidan dunyo saboq olmagani uchun “qattiqroq pozitsiyada” bo‘lishga chaqirdi.

Dunyo ko‘pchiligimiz bilgandan ham xavfliroq, beqarorroq va qarama-qarshiliklarga to‘la. Bu haqiqatni tan olishimiz va shunga muvofiq harakat qilishimiz lozim — bir-ikki yil yoki oydan keyin emas, balki hozir”, — dedi Kemeron.

U alyans mamlakatlari mudofaa xarajatlarini YAIMning 2 foizigacha oshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, London bu ko‘rsatkichga 2030 yilgacha erishmoqchi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya “dunyo tartibini buzish maqsadida birlashgan”, degan fikrni bildirdi.

Agar shubha qilsak, dushmanlarimiz bizning o‘rnimizga kelajagimizni yozib qo‘yadi. Demak, jasorat ko‘rsatishimiz kerak”, — deya xulosa qildi Kemeron.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Devid Kemeron: “Dunyo Rossiyaning Ukrainadagi urushidan saboq olmadi”