18:00 / 10.05.2024
105

Chadning amaldagi prezidenti saylovda yana g‘alaba qozondi

Chadning amaldagi prezidenti saylovda yana g‘alaba qozondi
Foto: AFP
Chadning amaldagi o‘tish davri rahbari Mahamat Idris Debi prezidentlik saylovida dastlabki natijalarga ko‘ra, 61,03 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Chadda prezidentlik saylovlari 6 may, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Asosiy da’vogarlar Mahamat Idris Debi va o‘tish davri hukumati rahbari, sobiq muxolifat yetakchisi Syukses Masra edi. Bosh vazir 18,53 foiz ovoz olgan va saylovning ikkinchi bosqichiga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan.

Yakuniy saylov natijalari 5 iyun kuni e’lon qilinishi kutilmoqda, u konstitutsiyaviy kengash tomonidan tasdiqlanishi lozim. Saylovda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 75 foizi ishtirok etgan.

Masra saylov komissiyasi tomonidan saylov natijalari e’lon qilinishini kutmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda “birinchi turda g‘alaba qozongani”ni aytgan.

Qirq yoshli armiya generali Mahamat Idris Debi 2021 yil aprelida otasi isyonchilar qo‘lida o‘lganidan beri Chadni boshqarib kelmoqda.

Debining otasi mamlakatni 1990 yildan 2021 yilgacha 30 yildan ortiq boshqargan, o‘shanda u oltinchi prezidentlik g‘alabasidan ko‘p o‘tmay otib o‘ldirilgan.

Tanqidchilar uni ham, o‘g‘lini ham hokimiyatni ushlab turish uchun muxolifatni “bo‘g‘ib qo‘yganlikda” ayblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chadning amaldagi prezidenti saylovda yana g‘alaba qozondi