Xonanda Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu ma’lumotni “Daryo”ga sud tasdiqlagani aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Bugun.uz” uni sobiq xotini sudga berganini xabar qilgan. Xonanda 2023 yil 12 dekabrda sobiq turmush o‘rtog‘i N.ning uyiga borgan va turmush o‘rtog‘ini kurakda turmaydigan, qadr-qimmatini tahqirlovchi turli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shu kunlarda xonanda Botir Qodirov javobgarlar — Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlardan otalikni belgilash talabi bilan chiqqan sud ishi davom etmoqda. Holat yuzasidan izoh bergan Zohirshoh Jo‘rayev jamoatchilikdan bunday piar va hayplarga oilasini aralashtirmaslikni iltimos qilgan.
Keyinroq Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning nikohli farzandi ekanligi hamda marhum hofizning o‘g‘illari bilan nima maqsadda sudlashayotgani haqida gapirgan edi. Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya Botir Qodirov haqiqatan ham Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekanligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi